Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

152 nafar bemor, 1 nafar qurbon: SSV koronavirus borasida yangi uslubni qo‘llamoqda

152 nafar bemor, 1 nafar qurbon: SSV koronavirus borasida yangi uslubni qo‘llamoqda

2020 yil 24 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 834 (+167) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida hamda 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

⚫️ Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:
— Toshkent shahrida 196 nafar,
— Toshkent viloyatida 106 nafar, 
— Namangan viloyatida 60 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 7 nafar, 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
— Navoiy viloyatida 2 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 50 230 (+398) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 158 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 18:05 24.09.2020. O'qildi: 4093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!