Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

15 may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

A A A
15 may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 14-16 may kunlari O‘zbekiston hududida issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

14 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15-16 may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida 42-43 darajagacha ko‘tariladi.

14-15 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarida, 16-17 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. 17 may kuni ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:34 14.05.2025. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!