O‘zbekiston Markaziy banki valyuta birjasidagi «fiksing» usulidan «koll auksion» va «metching» savdo usullariga o‘tishni e’lon qildi. Bu valyuta kursini har kuni erkin belgilash uchun katta imkoniyat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2021 yil 9 yanvarda ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operasiyalarining amalga oshirilishini yanada takomillashtirish borasida qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yilning 15 fevralidan boshlab, ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta oldi-sotdi savdolari bo‘yicha quyidagilar joriy etiladi:
Shuningdek, qarorga muvofiq, Markaziy bankning valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank ish kuni soat 16:00da Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Shu bilan birga, qarorda valyuta bozorini rivojlantirishning keyingi bosqichlarida valyuta operasiyalari bo‘yicha savdo ishtirokchilarining umume’tirof etilgan eng namunali amaliyotlarni o‘z ichiga olgan «Etika kodeksi»ning qabul qilinishi hamda tijorat banklarining «market-meykerlar» sifatida ishtirokini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga beriladigan imtiyoz va majburiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi «Market-meykerlik faoliyati to‘g‘risida»gi me’yoriy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur qaror bilan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan valyuta intervensiyalari strategiyasi» tasdiqlandi. Strategiyada Markaziy bankning valyuta intervensiyalari tamoyillari, shakllari hamda intervensiyalarni amalga oshirishning maqsad va vazifalari qayd etildi.