Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

A A A
13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda voyaga yetmagan qizga shahvoniy shilqimlik qilgan 78-avtobus konduktori 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi qarorida aytildi.

Qayd qilinishicha, 43 yoshli T.B 12 yoshli qizchani haqorat qilgan. Unga har xil savollar berib, yuziga tegib, boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan. U hozirda qilmishidan pushaymon ekani, bu holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik berishni so‘radi.

Fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (jinsiy zo‘ravonlik) bilan aybdor deb topildi. Uning 5 sutkaga ozodlikdan mahrum qilinishi belgilandi.

Kiritildi: 16:47 16.01.2025. O'qildi: 1860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!