Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

13,6 ming quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

13,6 ming quti tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

MIBning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan viloyat bojxona, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda majburiy ijro harakatlari bo‘yicha navbatdagi tadbir tashkil qilingan.

Tadbir davomida aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan «Milano», «Esse» nomli 13 579 quti qiymati 108,7 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlari bo‘lmagan mazkur tamaki mahsulotlari jamoatchilik vakillari guvohligida maxsus pechlarda yoqib yuborilgan.

Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning jami 3 oy davomida jami 4 holatda umumiy qiymati 222,6 mln. so‘mlik 28 559 quti tamaki mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Kiritildi: 12:06 14.04.2024. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!