Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"103" xizmatining barcha hududiy filiallarida "Call-back" tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

"103" xizmatining barcha hududiy filiallarida "Call-back" tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda “103” xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam sifatini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati tajribasidan kelib chiqqan holda joriy yildan Respublika tez tibbiy yordam markazining barcha hududiy filiallarida "Call-back" tizimi ishga tushirilyapti.

Xo‘sh, uning ahamiyati nimada?

— Aholiga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish soha xodimlaridan katta mas’uliyat talab etadi, — deydi markaz direktori Abduvoitjon Gafurov. — Biroq ayrim hollarda brigadalarimiz tomonidan bajarilgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan turli tanqidiy murojaatlar kelib tushadi.

“103” xizmati faoliyatiga doir shu kabi e’tirozlarni kamaytirish, yurtdoshlarimizdan bo‘layotgan bunday murojaatlar sababini oldindan aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida shu yildan boshlab barcha hududiy filiallarda tajriba-sinov tariqasida "Call-back" (qayta qo‘ng‘iroq) tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ayni paytda mazkur tizim orqali "Tez yordam" brigadalari faoliyati doimiy nazorat qilib borilyapti. Natijada aholidan bo‘layotgan e’tirozlar soni avvalgi yillarga nisbatan anchayin kamaydi.

Xususan, o‘tgan yilning may-iyun oylarida “103” xizmatiga jami 783 ta ana shunday murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2025 yilning ayni shu davrida bu ko‘rsatkich 32,3 foizga kamayib, 538 tani tashkil etdi.

Kiritildi: 14:50 22.07.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!