Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

−10 dan +10 gacha! Yaponiya avtofokusli aqlli ko‘zoynakni yaratd

−10 dan +10 gacha! Yaponiya avtofokusli aqlli ko‘zoynakni yaratd

Yaponiyada uzoqni va yaqinni ko‘ruvchilarga birdek mos keladigan avtofokusli zamonaviy ko‘zoynaklar ishlab chiqarildi.

ViXion kompaniyasi ko‘zoynaklarning ikkinchi avlodi - ViXion01S’ni taqdim etdi. Ular foydalanuvchining ko‘rish qobiliyatiga moslashadi.

Motorlashtirilgan linzalar 5 santimetrdan to "cheksizlik"gacha bo‘lgan fokus masofasini ta’minlaydi va −10 dan +10 gacha bo‘lgan dioptriya oralig‘ini qamrab oladi.

Qurilmaning og‘irligi ramasi bilan birga atigi 47 gramm bo‘lib, USB-C orqali quvvatlanadi. Rozetkaga ulanmagan holda ko‘zoynaklar 15 soatgacha ishlashi mumkin. Yangi mahsulotning narxi 500 dollar.

Kiritildi: 06:40 25.05.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!