Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

1 yanvardan kimlarning pensiyasi oshadi?

A A A
1 yanvardan kimlarning pensiyasi oshadi?

2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oshirilmoqda.

Pensiya jamg‘armasi bu o‘zgarishning ma’nosini tushuntirdi.

Yangi tartibga asosan, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

Kun.uz Pensiya jamg‘armasining izohlarini jadvalga soldi.

1 yanvardan kimlarning pensiyasi oshadi?

Pensiya jamg‘armasining eslatishicha, pensiyalar miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinadi, bunda pensionerlar Pensiya jamg‘armasiga murojaat etishi shart emas.

Qayd etilishicha, jamg‘arma o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuborgan.

Jamg‘arma pensiya miqdori oshgani to‘g‘risida ma’lumotni @pensiyauzbot Telegram-boti orqali tekshirib ko‘rish yoki 1140 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.

Kiritildi: 21:20 14.12.2022. O'qildi: 10228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!