Toshkent shahrida yashovchi 23 yoshli X.O. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1.250.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi B.H. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan B.H., jabrlanuvchi B.X. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 1.250.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan B.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.