Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

1 oktyabrdan Uzbekistan Airways Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi parvozlar sonini ikkitaga ko‘paytiradi

1 oktyabrdan Uzbekistan Airways Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi parvozlar sonini ikkitaga ko‘paytiradi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent va Turkiyaning Istanbul shahri o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytiradi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab Toshkent—Istanbul—Toshkent yo‘nalishida kuniga ikkita parvoz amalga oshiriladi.

Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi HY 271 reysi soat 12:30 da Toshkentdan parvoz qilib, Istanbulga mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da yetib boradi. Istanbuldan HY 272 reysi bilan soat 12:30 da havoga ko‘tariladigan samolyot Toshkentga soat 19:00 da qo‘nadi.

Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi HY 273 reysi soat 17:00 da parvozni boshlab, Istanbulga soat 20:20 da yetib boradi. Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi HY 274 reysi Turkiyadan 21:45 da uchib, ertasi kuni soat 04:15 da Toshkent yetib keladi.

Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, uning mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways’ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O‘zbekistondagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Avvalroq Uzbekistan Airways 1 oktyabrdan Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi parvozlar sonini ko‘paytirishini ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1 oktyabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temir yo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklaydi.

Kiritildi: 08:43 25.09.2020. O'qildi: 2317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!