Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

1 oktyabrda ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘larda esa qor kutilmoqda

1 oktyabrda ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘larda esa qor kutilmoqda

1 oktyabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida yomg‘irli ob-havo saqlanib qoladi. Tog‘li joylarda esa yog‘ingarchilik kuchayishi va baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

"O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Poytaxtda havo harorati kechasi 14–16, kunduzi 21–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida ham yomg‘ir kuzatiladi. Bu hududlarda kunduzgi harorat 21–26 darajani tashkil etadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farg‘onada ham ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi prognoz qilingan. Havo kechasi 12–17, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ammo havo nisbatan iliq saqlanadi — kunduzi 27–32 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi harorat 21–27 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaziyat biroz murakkabroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Bu hududlarda kunduzgi harorat 13–18 daraja atrofida bo‘ladi.

Kiritildi: 16:06 30.09.2026. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!