Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

1 maydan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda "bola puli" 30 foizgacha kamaytiriladi

1 maydan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda "bola puli" 30 foizgacha kamaytiriladi

2025 yil 1 maydan kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalar tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ushbu oilalarga to‘lanadigan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam miqdorini “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori bilan 30 foizgacha kamaytirish tartibi joriy etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-tamoillarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy shartnoma bu — kambag‘al oilalarga ko‘mak choralarining muayyan majburiyatlarni bajarish sharti bilan ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi shartnoma.

Mazkur nizomga muvofiq, ijtimoiy shartnoma shartlaridan biri sifatida kambag‘al oilaning ta’lim tashkilotlarida o‘qiydigan a’zolarining darslarda muntazam qatnashishini ta’minlash belgilangan.

Shuningdek, 2025 yil 1 martdan boshlab "Raqamli mahalla" elektron platformasida ijtimoiy shartnoma asosida davlat tomonidan ijtimoiy ko‘mak choralaridan foydalanib, o‘zining majburiyatlarini bajarmagan fuqarolarning reestri yuritilib boriladi.

Kiritildi: 13:57 08.05.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!