Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

1 fevraldan nimalar o‘zgaradi

A A A
1 fevraldan nimalar o‘zgaradi

Norma.uz portali 2024 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlarning sharhini taqdim etdi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilmoqda

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’ektlari soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi hamda bir qator afzalliklarga ega bo‘lishadi.

Import qilingan elektr jihozlarini dilerlar realizasiya qiladilar

O‘zbekistonga bir qator elektrotexnika mahsulotlarini olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo‘lishi talab qilinadi. Ular sifat, mahsulot xavfsizligi, xizmat ko‘rsatish kafolatlarini ta’minlashi, shuningdek servis xizmatlariga ega bo‘lishi kerak.

Ijtimoiy ta’minot

Reestrga kiritilgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash

Ta’lim tashkilotlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb qilgan holda kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari ochilmoqda. Har bir bitiruvchiga sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70% igacha, biroq BHMning 5 baravaridan oshmaydigan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

«Yashil» energiya

«Yashil energiya» axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi.

Markirovkalashdan keyin maishiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish

Maishiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish, muvofiqlik sertifikatini berish va majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnikalarning muvofiqlik deklarasiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.

Kiritildi: 22:57 29.01.2024. O'qildi: 1750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!