1 sentyabr kuni Registon maydonida Andrea Bochellining katta konserti bo‘lib o‘tadi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, zamonamizning buyuk ovoz sohiblaridan biri ilk bor dunyoning eng go‘zal sahnalaridan biri Registon maydonida chiqish qiladi.
Ushbu musiqa kechasida Andrea Bochelli, maxsus mehmon Ayda Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ishtirokida jahon mumtoz musiqasining eng sara asarlari hamda mashhur qo‘shiqlar yangraydi.