Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Karantin! Oziq-ovqat do‘konlari faoliyati soat 19-00 dan keyin yopilishi shartmi?

A A A
Karantin! Oziq-ovqat do‘konlari faoliyati soat 19-00 dan keyin yopilishi shartmi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

〰️〰️〰️〰️

❓Karantin sababli bizning korxonamiz davlat soliq inspeksiyasiga xisobotlarni jo‘natish uchun elektron raqamli imzo ololmayapmiz. Hisobotlarni topshirish muddati esa 2020 yilning 15 apreligacha. Endi  bizga jarima solinadimi?

❗️Yo‘q, jarima solinmaydi. Karantin sharoitida cheklovlar sabab soliq majburiyatlarini bajarishda muammolar yuzaga kelgan holatda davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarga hech qanday jarima choralari qo‘llamay, ularga muammoni xal har tomonlama yordam bermoqda.

? Davlat xizmatlari markaziga bormasdan, elektron raqamli imzo kaliti muddatini uydan turib yangilash mumkin. Buni e-imzo saytidagi shaxsiy kabinetga eski kalit bilan kirilgan holda belgilangan amallar ketma-ketligini bajarish oqali amalga oshirish mumkin.

〰️〰️〰️〰️

❓Oziq-ovqat do‘konlari faoliyati soat 19-00 dan keyin yopilishi shartmi?

❗️Yo‘q. Respublika maxsus komissiyasining bugungi kunga qadar o‘tkazilgan yig‘ilishlarida oziq-ovqat do‘konlari faoliyatini cheklash nazarda tutilmagan.

Tadbirkorlik sub’ektlari ish rejimlarini mustaqil belgilash huquqiga ega va balki shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan do‘konlarni odatdagi vaqtdan biroz erta tugatayotgan bo‘lishi mumkin.

〰️〰️〰️〰️

❓Karantinda pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar qanday amalga oshiriladi?

❗️Tadbirkorlar barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlarni onlayn tarzda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali to‘lashlari mumkin.

? Buning uchun shaxsiy kabinetda kerakli soliq yoki to‘lov turini tanlash, to‘lash kerak bo‘lgan summani ko‘rsatish va "to‘lash" tugmasini bosish kifoya. To‘langan summa soliq to‘lovchining shaxsiy varaqasiga o‘tkaziladi.

? Agar soliq to‘lovchining bankdagi hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, uning to‘lov topshirig‘i avtomatik ravishda 2-son bank kartotekasiga joylashtiriladi va bu haqida Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda xabar beriladi.

✅ Ushbu to‘lov tizimi kun bo‘yi, dam olish kunlarsiz hamda bepul ishlaydi.

Kiritildi: 17:27 18.04.2020. O'qildi: 4233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!