24 aprel kuni Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari sudida Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev ishi ko‘riladi. U 60 ming dollar pora olishda ayblanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, himoya tomoni sudni Namanganda o‘tkazishga qarshi chiqqan va shu sabab jarayon Farg‘onada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, u 2025 yil 2 sentyabr kuni gumonlanib hibsga olingan.