Eron va u qo‘llab-quvvatlayotgan guruhlar Isroildagi ikkita yirik elektr stansiyasini o‘zlarining potensial nishonlari ro‘yxatiga qo‘shdilar.
Bu haqda Tasnim axborot agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning manbalariga ko‘ra, "Isroilni ta’minlaydigan ikkita yirik elektr stansiyasi qarshilik frontining qo‘shma operasiyalar shtab-kvartirasining nishonlari ro‘yxatiga qo‘shildi".
Bu qaror "qarshi javob" strategiyasining bir qismi bo‘lib, Eronning muhim infratuzilmasiga mumkin bo‘lgan hujumlarga javob berishga tayyorlik sifatida qaraladi.