Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Garovdagi “Damas” boshqa fuqaroning omborxonasidan topildi

Garovdagi “Damas” boshqa fuqaroning omborxonasidan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rgan tumanlararo sudining 2025 yil 21 iyundagi ijro varaqasiga asosan, undiruvchi “Kapitalbank” foydasiga 13 189 301 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi qo‘zg‘atildi.

Qarzdor YU.A.ga ixtiyoriy muddat berilgani va bir necha bor ogohlantirishlar yuborilganiga qaramasdan, qarzdorlik belgilangan muddatda qoplanmagan.

Ijro harakatlari davomida garov mulki sifatida rasmiylashtirilgan “Chevrolet Damas” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilindi. Qidiruv tadbirlari natijasida mazkur transport vositasi qo‘shni mahallada joylashgan fuqaroning omborxonasidan topildi.

Aniqlangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. Ayni paytda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:25 27.02.2026. O'qildi: 1752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!