Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda o‘zbek-xitoy arxeologlar simpoziumi o‘tkazildi

Samarqandda o‘zbek-xitoy arxeologlar simpoziumi o‘tkazildi

Unda olimlar Afrosiyob yodgorligida qo‘shma arxeologik ekspedisiya o‘tkazishga kelishib oldi. Mazkur hududda avvalroq Tan sulolasi davriga oid artefaktlar topilgani ma’lum qilindi.

@Sputnikuzbek muxbirining xabar berishicha, joriy yilning noyabr oyida Xitoyning Loyin shahrida “Samarqand muzeylari haftaligi”, Samarqandda esa “Xitoy muzeylari haftaligi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Xitoyda stajirovkalar tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Simpozium yakunida Samarqand arxeologiya instituti hamda Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Kiritildi: 16:55 31.01.2026. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!