Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Isroilda restoran firibgarligi avj olmoqda

Isroilda restoran firibgarligi avj olmoqda

Isroildagi restoran va bar egalari Eron bilan bo‘layotgan urush davrida firibgarlikning yangi shakliga duch kelishmoqda: tashrif buyuruvchilar yuzlab shekel miqdoridagi hisoblarni to‘lamaslik uchun havo hujumidan ogohlantirish (sirena) signallaridan ataylab foydalanib, muassasani tark etishmoqda. Bu haqda mahalliy «Walla» nashri xabar bermoqda.

Ba’zi muassasalar allaqachon oldindan to‘lov tizimiga o‘tgan yoki stol band qilish vaqtida kredit karta ma’lumotlarini olishni boshlagan. Tadbirkorlarning ta’kidlashicha, ular hatto o‘nlab shekel yo‘qotishga ham qurbilari yetmaydi, chunki biznes hozirda amallab kun ko‘rmoqda.

Isroil Restoran va barlar assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri mamlakatdagi restoran va barlarning 47 foizi o‘z faoliyatini to‘xtatgan, ishlayotganlarining daromadi esa 50 foiz va undan ko‘proqqa kamaygan.

Kiritildi: 23:40 02.04.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!