Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Suriyaning ISHIDga qarshi kurashayotgan koalisiyaga qo‘shilishiga umid qilmoqda

AQSh Suriyaning ISHIDga qarshi kurashayotgan koalisiyaga qo‘shilishiga umid qilmoqda

Vashington ma’muriyati Suriya rasmiylaridan ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiyaga qo‘shilishi haqida e’lon qilishini kutmoqda.

Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak Bahrayndagi "Manama Dialogue" forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya rasmiylari tegishli hujjatni "imzolash niyatida". Barakning qo‘shimcha qilishicha, Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shayboniy "bu haqda bugun e’lon qilishi mumkin". "Bu juda katta qadam”, dedi maxsus vakil.

Suriya prezidenti Ahmad al-Shara Vashingtonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Barakning so‘zlariga ko‘ra, Suriya rahbari shu safari davomida Suriyaning koalisiyaga qo‘shilishi haqida e’lon qilishi mumkin.

Kiritildi: 09:20 02.11.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!