Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Hindistonda avtobus yonib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda avtobus yonib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Hindiston g‘arbidagi Rajastan shtatida Djaysalmer - Djodxpur trassasi bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ichida 57 kishi bo‘lgan avtobus harakatlanayotganda to‘satdan yonib ketgan. Guvohlarning aytishicha, dastlab avtomobil orqasidan tutun paydo bo‘lgan. Haydovchi yo‘l chetida to‘xtadi, biroq bir necha daqiqa ichida butun avtobus yonib ketdi.

Jarohatlanganlar turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Yigirma kishining o‘lgani tasdiqlandi va ulardan ba’zilarining shaxsini aniqlash uchun DNK tekshiruvi o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 10:45 15.10.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!