Falastinning XAMAS harakati Qizil Xochga garovga olingan yana to‘rt kishining jasadini topshirdi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Qizil Xoch jamiyati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadlari bo‘lgan to‘rtta tobut ularga topshirildi va G‘azo sektoridagi Isroil armiyasi va ISA (Intelligence Support Activity, AQSh harbiy qismi) kuchlariga jo‘natilmoqda", — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni G‘azo sektoridagi Isroil kuchlari Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi orqali garovga olinganlar qoldiqlari bo‘lgan to‘rtta tobutni qabul qilib olgan edi.