"Biz g‘alaba ostonasida turibmiz. Ozodlik va demokratiyaga erishishda asosiy ittifoqchilarimiz sifatida prezident Tramp, Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi, Lotin Amerikasi xalqlari va dunyoning demokratik mamlakatlariga tayanamiz. Men bu mukofotni azob chekayotgan Venesuela xalqiga va bizning ishimizni qat’iy ravishda qo‘llab-quvvatlayotgan prezident Trampga bag‘ishlayman!", — deb yozdi venesuelalik muxolif siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda.
U mukofotni “barcha venesuelaliklarning kurashini e’tirof etish” deb atab, bu “erkinlikni qo‘lga kiritish uchun turtki bo‘lishini” ta’kidladi.
Donald Tramp Machadoning postini o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qayta joyladi, ammo unga hech qanday izoh bermadi.