Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselga tashrif davomida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
«O‘zaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
![]()