AQSh fuqarosi Fred Singlton elektr kursida 42 yil o‘lim jazosini kutib o‘tirdi, biroq 81 yoshida qamoqxona kasalxonasida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi. Bu haqda Janubiy Karolinadagi axloq tuzatish ishlari departamenti xabar bermoqda.
"Janubiy Karolinada 42 yil umrini o‘lim jazosida o‘tkazgan mahbus qamoqxona shifoxonasida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etdi”, — deyiladi bayonotda.
Mirror nashriga ko‘ra, Singlton 1983 yilda zo‘rlash, qotillik va o‘g‘irlik uchun o‘limga hukm qilingan.
U Janubiy Karolinada eng uzoq muddat o‘lim jazosini o‘tagan mahbus edi, chunki sud uni ruhiy sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli qatl etish mumkin emas degan qarorga keldi. Bundan tashqari, ruhiy holatini yaxshilash uchun dori-darmonlarni qabul qilishga majburlash mumkin emas edi.
Yangi psixiatrik tadqiqotlar va dori-darmonlar uning tiklanishiga imkon bergan taqdirda o‘lim hukmi o‘z kuchida qoldi.