Avstraliyaning sharqiy sohilida, Shellxarbor aeroporti yaqinida yengil motorli samolyot halokatga uchradi.
Yangi Janubiy Uels polisiyasi uch kishining o‘limi haqida xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halokat mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Shellxarbor aeroporti yaqinida (Sidneydan 100 km janubda joylashgan) sodir bo‘lgan. "Qutqaruv xizmatlari yengil samolyot qulagani haqidagi xabarlarni olgach, voqea joyiga yetib keldi. Samolyot aeroportdan havoga ko‘tarilgandan so‘ng darhol halokatga uchradi va zarbadan keyin yonib ketdi", - deya qo‘shimcha qildi polisiya voqea oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
Polisiya voqea joyini o‘rab oldi, halokat sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.