Vashington Xitoy bilan savdo urushiga tayyor, ammo urush boshlashni istamaydi.
Bu haqda AQSh savdo vakili Jeymison Grir Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Bu savdo urushi bo‘lishi shart emas, lekin kerak bo‘lsa, biz buni boshdan kechirishga tayyormiz. Biz hozirda har ikki tomonning pozisiyalarini ko‘rib chiqmoqdamiz, yaqin kunlarda esa oldinga siljish yo‘li bor-yo‘qligini aniqlashga harakat qilamiz", dedi u.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Vashington Xitoyga 1 noyabr yoki undan oldin bojlarni 100 foizga oshirishi va dasturiy ta’minotga eksport nazorati o‘rnatishi haqida ma’lum qilgan edi.