Qonunchilik palatasida hukumat va mahalliy hokimiyat rahbarlarining korrupsiyaga qarshi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Yangi tartibga ko‘ra:
— hokimlikka nomzod hududni rivojlantirish dasturi bilan birga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha harakatlar rejasini taqdim etadi;
— Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar esa tizimda korrupsiyaga qarshi choralar rejasini o‘z faoliyat dasturi bilan birga taqdim qiladi.