Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Livan janubidagi "Hizbulloh" nishonlariga havo hujumi uyushtirdi.
Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda.
Harbiylarga ko‘ra, Isroil armiyasi nishonga olgan ob’ekt Bofort qasri yaqinida joylashgan.
Isroil armiyasi matbuot kotibi nishonda "terrorchilik harakati" aniqlanganini va zarba jangarilarning yer osti infratuzilmasi va qurollariga zarar yetkazganini bildirdi.