Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Myunxen aeroporti dronlar sababli faoliyatini to‘xtatdi

Myunxen aeroporti dronlar sababli faoliyatini to‘xtatdi

Germaniyaning Myunxen aeroporti o‘z havo hududida dronlar aniqlangani sababli parvozlar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Bu haqda aeroport saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

"2 oktyabr kuni kechga yaqin Germaniya havo harakatini boshqarish boshqarmasi Myunxen aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 22:18 dan boshlab parvozlarni cheklab qo‘ydi, keyin esa bir necha dronlar kuzatilgani sababli ularni butunlay to‘xtatdi", — deyiladi xabarda.

Unda qayd etilishicha, hodisa oqibatida 17 ta reys to‘xtab qolgan. To‘xtatib turish 3000 ga yaqin yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatdi.

O‘n beshta kiruvchi reys Shtutgart, Nyurnberg, Vena va Frankfurtga yo‘naltirildi.

Kiritildi: 11:00 03.10.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!