AQSh prezidenti Donald Tramp, u joriy etgan import tariflari Qo‘shma Shtatlarga yillik 1 trillion dollardan ortiq daromad keltirishini aytdi.
Amerika yetakchisi bu haqda One America News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Tariflar endigina o‘z mevasini bera boshladi; yakunda, tariflar yiliga 1 trillion dollardan oshadi", dedi u.
23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasining umumiy munozaralarida so‘zlagan Tramp Vashington adolat va o‘zarolik tamoyillariga rioya qilingan holda barcha davlatlar bilan savdo qilishga tayyorligini ta’kidladi. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati ko‘pchilik mamlakatlarga joriy qilgan savdo tariflari himoya mexanizmi hisoblanadi.