Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin: "AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish Rossiya uchun milliy ustuvor vazifa"

Putin: "AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish Rossiya uchun milliy ustuvor vazifa"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh bilan to‘laqonli munosabatlarni tiklash mamlakat milliy manfaatlariga mos kelishini aytdi.

Bu haqda Putin "Valday" xalqaro munozara klubi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning hozirgi Donald Tramp ma’muriyati qilayotganidek, o‘z ustuvorliklari asosida harakat qilish oqilona bo‘ladi. Rossiya rahbari AQShning amaldagi hukumatining to‘g‘riligiga qoyil qolishini ta’kidladi.

"Agar har bir kishi ushbu yo‘riqnomaga amal qilib, o‘z e’tiborini o‘ziga qaratib, vaqtni keraksiz ambisiyalarga sarflamasa, boshqalar bilan til topishish osonroq bo‘ladi. Rossiyaning AQSh bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha hozirgi tajribasi bunga misoldir", — dedi Putin.

Shuningdek, u Rossiya va AQSh o‘rtasida ko‘plab kelishmovchiliklar mavjudligini, ularning ko‘p masalalar bo‘yicha qarashlari bir-biridan farq qilishini, bu esa yirik davlatlar uchun mutlaqo tabiiy ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:00 03.10.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!