Marokash Bosh vaziri Aziz Axannush ommaviy tartibsizliklarga aylangan va qurbonlar bilan yakunlangan yoshlar noroziliklarini to‘xtatish uchun muloqotga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"Biz yana bir bor ta’kidlaymizki, muloqot mamlakatimiz oldida turgan turli muammolarni hal qilishning yagona yo‘li”, — dedi Axannush.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uning hukumati yoshlar harakati tomonidan bildirilgan talablarga javob bergan va muloqot va muhokamaga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Gen Z 212 harakati tomonidan uyushtirilgan yoshlar norozilik namoyishlari to‘lqini Marokashda bir necha kundan beri davom etib, mamlakatning kamida 11 shahrini qamrab olgan. Namoyishlar dastlab ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida islohotlar o‘tkazish talablari bilan boshlandi. Shu bilan birga, namoyishchilar 2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun katta hajmdagi byudjet xarajatlariga qarshi chiqishgan.
Bugun Qirollik Ichki ishlar vazirligi Marokashdagi tartibsizliklar va zo‘ravonliklarda uch kishi halok bo‘lgani va 350 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.