Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin: "Agar NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmaganida, Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi"

Putin: "Agar NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmaganida, Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi"

Agar NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmaganida, Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Uning eslatishicha, Rossiya ikki marta NATOga kirishga tayyorligini e’lon qilgan va ikki marta ham rad etilgan.

"Agar AQSh prezidenti Donald Tramp hokimiyatda bo‘lganida, Ukrainadagi urushning oldini olish mumkin edi", — deya ta’kidladi Rossiya yetakchisi ham Trampning bayonotini takrorlab.

U Rossiya-Ukraina urushi uchun javobgarlikni Yevropaga yukladi: "Afsuski, biz haligacha Ukrainadagi janglarni to‘xtata olmadik, ammo buning uchun javobgarlik birinchi navbatda Yevropaga yuklanadi".

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Yevropaning harbiylashuvi kuchayib borayotganini diqqat bilan kuzatib bormoqda va zudlik bilan javob qaytarish bilan tahdid qildi: “Rossiyaning Yevropani harbiylashtirishga javobi uzoq kutilmaydi”.

Kiritildi: 08:00 03.10.2025. O'qildi: 961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!