Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida bugun ko‘rilishi kerak bo‘lgan Alisher Tursunov(Mubashshir Ahmad) ishi bo‘yicha sud majlisi 2 oktyabrga qoldirildi.
Himoyachining ma’lum qilishicha, ishni ko‘rayotgan sudya betob bo‘lib qolgan.
Shu yil 10 may kuni qamoqqa olingan Mubashshir Ahmad qariyb 5 oydan buyon hibsda saqlanmoqda.
Aslida o‘tgan hafta, 22 sentyabr kuni ko‘rilishi lozim bo‘lgan Alisher Tursunov ishi bo‘yicha sud majlisi — bugun 29 sentyabr soat 14:00 ga qoldirilgan edi. O‘shanda sud qoldirilishiga sabab sifatida «sudya Bobur Rahimov ayni vaqtda boshqa sud majlisi bo‘yicha maslahatga kirib ketgani va jarayon cho‘zilayotgani» keltirilgan. Shunga qaramay sud zaliga ulamoning o‘zi ham IIV xodimlari hamrohligida olib kelindi va o‘nlab fuqarolar zalga kiritilgan edi.