Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda dizel saqlash omborida yong‘in yuz berdi

Qashqadaryoda dizel saqlash omborida yong‘in yuz berdi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Yetimquduq qishlog‘ida joylashgan dizel yonilg‘isini saqlash ombori hududida 29 sentyabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat FVBga yong‘in haqida 09:43 da xabar berilgan. Chaqiruvga asosan uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji 15 daqiqada hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 10:30 da to‘liq o‘chirilgan.

Idora xabarida tan jarohati olganlar yoki qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot keltirilmagan. Ta’kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ushbu dizel yonilg‘ini saqlash ombori “Maqsad Petroleum” xususiy korxonasi tomonidan ijaraga olingan. Qayd etilishicha, korxona ham ombor ham “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufiga kirmaydi.

Qashqadaryoda dizel saqlash omborida yong‘in yuz berdi

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, “Maqsad Petroleum” MCHJ 2024 yil avgustida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Korxonaning 51 foiziga Vadim Shamsutdinov Rasimovich, 49 foiziga esa Matin Toxirov Suxrobovich egalik qilishi ko‘rsatilgan. Faoliyat turi esa neft va tabiiy gaz qazib olish sohasidagi texnik xizmatlar ekanligi qayd etilgan.

Kiritildi: 21:05 29.09.2025. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!