Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pentagon Qo‘shma Shtatlarda qurollar zaxiralari kamligidan xavotirda

Pentagon Qo‘shma Shtatlarda qurollar zaxiralari kamligidan xavotirda

Pentagon Xitoy bilan ehtimoliy mojaroga tayyorlanish uchun raketalar va 12 ta muhim tizimlar ishlab chiqarilishini tezlashtirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda WSJ.

Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Pentagon Qo‘shma Shtatlarda qurollar zaxiralari kamligidan xavotirda bo‘lib, yetkazib beruvchilarni raketalar ishlab chiqarish sur’atini ikki baravar, hattoki to‘rt baravar oshirishga chaqirmoqda. Mazkur harakat O‘q‑dori ishlab chiqarishni tezlashtirish Kengashi doirasida olib borilmoqda.

"Kengash asosiy e’tiborni Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari, kemaga qarshi uzoq masofali raketalar, Standard Missile-6, Precision Strike Missiles va Joint Air-Surface Standoff Missiles kabi 12 ta tizimga qaratgan", deya yozmoqda The Wall Street Journal.

Kiritildi: 20:55 29.09.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!