Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan tungi hujumi oqibatida Polsha elchixonasi va Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi zarar ko‘rdi — DW

 Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan tungi hujumi oqibatida Polsha elchixonasi va Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi zarar ko‘rdi — DW

Polsha Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan otilgan raketa snaryadi mamlakatning Kiyevdagi elchixonasi tomiga tushgan.

"Snaryad konsullik bo‘limining shiftini teshib o‘tgan va oshxona hududiga tushgan. Hech kim jabrlanmagan. Hodimlarimizning barchasi sog‘-salomat va elchixona ishini odatdagidek davom ettiradi", — dedi Polsha Tashqi ishlar vazirligi vakili Pavel Vronskiy.

Ukraina poytaxtiga uyushtirilgan keng ko‘lamli tungi hujum natijasida Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi hududi ham zarar ko‘rdi. Yevroittifoqning Ukrainadagi elchisi Katarina Maternovaning so‘zlariga ko‘ra, vakolatxona avtoturargohidagi avtomobillar shikastlangan, biroq hech kim jabrlanmagan.

Kiritildi: 20:05 29.09.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!