Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Moldovada parlament saylovlarining rasmiy natijalari e’lon qilindi, YEI bilan hamkorlik tarafdorlari 50 foizdan ortiq ovoz oldi

Moldovada parlament saylovlarining rasmiy natijalari e’lon qilindi, YEI bilan hamkorlik tarafdorlari 50 foizdan ortiq ovoz oldi

Moldova Markaziy saylov komissiyasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida barcha saylov uchastkalardagi 100 foiz ovozlarni hisoblab chiqdi.

Amaldagi prezident Mayya Sanduning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik yo‘nalishidagi “Harakat va birdamlik” (PAS) partiyasi 50,20% ovoz oldi. Bu unga parlamentdagi 101 o‘rindan 55 tasini beradi. Mazkur natija avvalgi parlamentdagi 61 o‘ringa nisbatan kamroq, ammo baribir ko‘pchilik o‘rinni tashkil etadi.

Moldovadagi YEI bilan yaqinlik tarafdori bo‘lgan yana bir siyosiy kuch — “Aleternativa” bloki parlamentda 8 mandatni qo‘lga kiritdi.

Rossiyaparast “Vatanparvarlar” bloki esa 24,17 foiz ovoz olib, parlamentda 27 o‘ringa ega bo‘ldi.

Kiritildi: 19:24 29.09.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!