Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AES qurilishi O‘zbekistonda "tok" narxini pasaytiradimi?

AES qurilishi O‘zbekistonda "tok" narxini pasaytiradimi?

Moskvadagi forumda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayevning aytishicha, atom elektr stansiyasi qurilishi mamlakatda elektr energiyasi narxini arzonlashtirishi mumkin.

“Investisiya davridan so‘ng 1 kVt/soat elektr ishlab chiqarish tannarxi keskin tushadi. Quvvat qancha ko‘p bo‘lsa, energiya optimallashadi, natijada narxlar ham pasayadi”, — dedi u.

Biroq iqtisodchi Otabek Bakirov bu fikrga shubha bilan qaramoqda:
“AYES qurilishi arzon "tok" bahonasi bilan asoslanmoqda. Holbuki, atom energiyasi gaz, shamol yoki suvdan qimmatroq. Narx pasayishiga aniq izoh berilmagan”.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati Forish tumanida kichik quvvatli AES qurilishi boshlangan bo‘lib, stansiya 7–8 yilda ishga tushishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:12 29.09.2025. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!