Joriy yilning 1–2-oktyabr kunlari Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati kunduz kunlari 18–21 darajagacha, kechalari 8–13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13–16 darajagacha, kechalari 4–7 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang‘-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Hafta davomida shamolli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida chang‘-toʻzon ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Respublikamiz aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rib yurishlarini so‘raymiz.