Davlat ijrochilari tomonidan olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida, ko‘pgina otalar farzandlari uchun aliment evaziga turar-joy yoki mol-mulklarini had etayotgan holatlar ko‘p uchramoqda.
Bu safar Chimboylik ota boshqa otalar farqli o‘laroq o‘zi yashab turgan Chimboy tumanidagi “Ozg‘ara” OFY hududidagi 3 xonali uyni sovg‘a qilishni afzal ko‘rdi.
Holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi D.G.ning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun qarzdor J.B.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Javobgar J.B. aliment to‘lovlarini muntazam ravishda o‘z vaqtida to‘lab kelmaganligi oqibatida uning qarzi 45 mln. so‘mdan oshib ketgan.
Shu bois uning javobgarlik masalasini hal etishga qaratilgan harakatlar olib borilgan.
Shuning natijasida, undiruvchi joriy yilning 22 sentyabr kuni Byuroga kelib, qarzdor nomidagi Chimboy tumanida joylashgan uyni yuzaga kelgan 45 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan qarz o‘riga olganligini, shu bois farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullaridan voz kechishini bildirib ariza bergan va ijro harakatlari tugatilgan.