Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bo‘zsuvdagi holat yuzasidan 1,5 mlrd so‘mlik kompensasiya to‘lovi belgilandi

Bo‘zsuvdagi holat yuzasidan 1,5 mlrd so‘mlik kompensasiya to‘lovi belgilandi

Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan tegishli tekshiruv o‘tkazilgan.

Oqova suvlarning chiqish joylaridan olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, “Bo‘zsuv ayerasiya inshooti”ning birinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar cheklangan miqdordan 23,7 marta, ammoniy ioni 101,9 marta, azot nitrit 3,5 marta, sulfatlar 2,3 marta, fosfatlar 1,3 marta, BPK 19,6 marta, neft mahsulotlari 2,52 marta, mis 4,16 marta, temir 12,4 marta yuqori ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, obektning uchinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar belgilangan miqdordan 22,1 marta, ammoniy ioni 19,9 marta, azot nitrit 8,5 marta, sulfatlar 2,8 marta, fosfatlar 1,3 marta, BPK 17 marta, neft mahsulotlari 1,78 marta, mis 3,3 marta, temir 3,6 marta yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki tekshiruv davomida atrof-muhitni ifloslantirganlik hamda oqova oqizganlik oqibatida 1 mlrd 511 mln 966 ming 450 so‘m qo‘shimcha kompensasiya to‘lovi hisoblangan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan JKning 205- va 207-moddalari bilan “Toshkent suv ta’minoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Ayni damda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:17 29.09.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!