Isroil bosh vaziri bu haqda BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida aytdi.
Shuningdek, Netanyahu HAMASni qurollarni tashlashga va Isroilning talablariga rozi bo‘lishga chaqirdi
Binyamin Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tinch fuqarolar orasidagi qurbonlarni kamaytirish uchun tarixdagi har qanday armiya qilganidan ko‘proq choralar ko‘rmoqda.
Shuningdek, u "G‘azo aholisi ataylab ochlikka mahkum qilinmoqda", degan ayblovlarni rad etdi va "Isroil G‘azo xalqini oziqlantirmoqda", dedi.
Bundan tashqari, Netanyahu ba’zi Yevropa davlatlari yetakchilari Isroilning harakatlarini qoralayotgan bo‘lsa-da, shaxsiy suhbatlarda Isroil razvedka xizmatlarining faoliyati yuqori darajada qadrlanishini aytdi.