Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.
Hujjatlarda aytilishicha, 2024-yil oktyabr oyidagi qiymati 580 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnomaga ko‘ra, Xitoy 37 ta BMD-4M havo-desant jangovar texnikasi, 11 ta Sprut-SDM1 o‘ziyurar qurollari, 11 ta BTR-MDM zirhli transport vositalari, qo‘mondonlik mashinalari va og‘ir texnikani havoga tushirish uchun maxsus parashyut tizimlarini olgan.
Bundan tashqari, rossiyalik instruktorlar xitoylik parashyutchilarni Rossiyada ham, Xitoyda ham tayyorlashlari kutilmoqda. Tayvan vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini va ehtimoliy hujumga tayyorligini bildirdi.