Tramp AQSh poytaxtida o‘lim jazosi joriy etilishi haqida farmon imzoladi.
Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonda (Kolumbiya okrugi) so‘nggi yillarda olib borilgan “yumshoq siyosat” jinoyatchilikning keskin o‘sishiga olib kelgan va poytaxt aholisi, mehmonlari hamda federal idoralar faoliyatini xavf ostiga qo‘ygan.
AQSh bosh prokurori Pem Bondi esa butun mamlakat bo‘ylab o‘lim jazosiga ruxsat berishni xohlashini bildirdi.
AQSh poytaxtida so‘nggi qatl 1957 yilda amalga oshirilgan edi. 1981 yilda Vashington shahar kengashi o‘lim jazosini butunlay bekor qilgan. Ammo Kolumbiya okrugining maxsus maqomi va federal hukumat nazorati sababli prezident Donald Tramp bu qarorni bekor qilish huquqiga ega.