Agentliknung xabar berishicha, prezident Donald Tramp payshanba kuni Qo‘shma Shtatlarda TikTok'ning aktivlarini amerikalik va xalqaro investorlarga sotish milliy xavfsizlik talablariga javob berishini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpin ushbu rejani ma’qullagan.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensning aytishicha, mazkur bitimning qiymati taxminan 14 milliard dollar deya baholanmoqda.
"Xitoy tomonidan biroz qarshilik bo‘ldi, ammo biz erishmoqchi bo‘lgan asosiy narsa TikTok'ning faoliyatini saqlab qolish edi. Shu bilan birga, amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlashni ham istadik, bu qonuniy talabdir", — dedi Vens Oq uyda o‘tkazilgan brifingda jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar endi TikTok'dan foydalanishda avvalgidan ko‘ra ko‘proq ishonchga ega bo‘lishadi, chunki ularning ma’lumotlari xavfsiz bo‘ladi va targ‘ibot quroliga aylantirilmaydi.