Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastin bizniki, Quddus qalbimiz gavhari va abadiy poytaxtimiz — Falastin prezidenti Mahmud Abbos

 Falastin bizniki, Quddus qalbimiz gavhari va abadiy poytaxtimiz — Falastin prezidenti Mahmud Abbos

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida onlayn chiqish qilgan Mahmud Abbos Falastin bayrog‘i osmonda mangu hilpirashi, falastinliklar vatanini tark etmasligi va zaytun daraxtlari kabi ildiz otgan holda qolishini bildirdi.

Mahmud Abbosning nutqidan asosiy iqtiboslar:

◾️ Isroil armiyasining G‘azodagi urushi oqibatida falastinliklar genosid, vayronagarchilik, ocharchilik va majburiy ko‘chirilishni boshidan kechirmoqda. Isroilning harakatlari shunchaki tajovuz emas, bu urush va insoniyatga qarshi jinoyatdir;

◾️ Qariyb ikki yillik janglar davomida 220 mingdan ortiq falastinlik o‘ldirilgan yoki yaralangan, ikki millioni esa blokada tufayli ochlikdan aziyat chekmoqda;

◾️ G‘azodagi uylar, maktablar, shifoxonalar, cherkovlar, masjidlar va infratuzilmalarning 80 foizdan ortig‘i vayron bo‘lgan;

◾️ G‘arbiy Sohilni egallash, bosib olingan Quddusni izolyasiya qilish tinchlik kelishuvlariga tahdid solmoqda;

◾️ G‘azo sektori Falastin davlatining ajralmas qismidir va Falastin ma’muriyati uning boshqaruvi va xavfsizligi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyor;

◾️ HAMAS Falastin ma’muriyatini boshqarishda o‘ringa ega bo‘lmaydi, ular qurollarini tashlashi kerak;

◾️ Falastin xalqi boshidan kechirgan barcha daxshatlarga qaramay, biz 7 oktyabr kungi HAMAS tomonidan qilingan hujumni qoralaymiz. Tinch isroilliklarga qarshi harakatlar, ularni garovga olish harakatlari Falastin xalqi, uning ozodlik va mustaqilligi uchun adolatli kurashini ifodalamaydin;

◾️ Adolatsiz tinchlikka erishib bo‘lmaydi, Falastin ozod qilinmasa, adolat ham bo‘lmaydi. Falastinliklar hech qachon o‘z vatanlari va huquqlaridan voz kechmaydi.

Kiritildi: 17:10 26.09.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!