Nepal hukumati namoyishlar chog‘ida 72 kishi halok bo‘lganini rasman tasdiqladi, deya xabar beradi Armenpress Nepal Newsga tayanib.
Armenpress xabariga ko‘ra, bu ma’lumotni hukumat a’zosi Eknarayan Aryal mamlakat yangi bosh vazirining inaugurasiya marosimida tasdiqlagan.
Unga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklarda jarohatlangan 191 kishi mamlakat bo‘ylab turli shifoxona va tibbiyot muassasalarida davolanyapti.
Shuningdek, 8 sentyabrdagi namoyishlar paytida va 9 sentyabrdagi yong‘in natijasida odamlar halok bo‘lgani qayd etildi.